Rasmiy xabar! "Bunyodkor" AGMK futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 11 yanvar, 2022, 22:36
  • 0
  • Futbol

Bugun bir necha soat avval SPORTS.uz sayti orqali AGMK vakili Dilshod Jo‘raev "Bunyodkor" a’zosiga aylanayotgani borasida xabar bergandik. Endi esa "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati ushbu ma’lumotni rasman e’lon qildi.

Faoliyatining aksar qismini “Bunyodkor”da o‘tkazgan yarim himoyachi Dilshod Jo‘raev uch yildan so‘ng yana “qaldirg‘och”ga aylandi.

29.08.2020 Bukhara 2-2 AGMK (32)

So‘nggi uch mavsumni Olmaliqning AGMK klubida o‘tkazgan Dilshod Jo‘raev erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi. Yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. Demak, Dilshod Jo‘raev 2022-2023 yilgi mavsumlarni “Bunyodkor” libosida o‘tkazadi.

MA’LUMOT UChUN
Dilshod Jo‘raev
Tug‘ilgan yili: 21.04.1992
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Ampluasi: yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari
2011 yil “Bunyodkor” (o‘rinbosarlar)
2012 yil “Dinamo”
2012-2015 yillar “Bunyodkor”
2016 yil AGMK
2016 yil “Andijon”
2017-2018 yillar AGMK
2018 yil “Bunyodkor”
2019-2021 yillar AGMK
2022 yildan “Bunyodkor”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!