Ravshan Ermatov Germaniya futbol akademiyasi rahbari bilan uchrashdi

  • 29 oktabr, 2021, 19:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha taniqli nemis mutaxassisi Andrey Vaybert bilan uchrashdi.

Tecno

Suhbat davomida Ravshan Ermatov har bir jamoaning asosi – akademiyalar va bolalar futboli hisoblanishi, shu sababli mazkur sohani rivojlantirish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.

ermatov o‘fa

Andrey Vaybert Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekistonda bu yo‘nalishga e’tibor yuqori ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, futbolchilarni tayyorlashning maxsus tizimlarini joriy etish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, turli yosh toifasida o‘smirlar o‘rtasida musobaqalarni o‘tkazish borasidagi Germaniya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

ermatov o‘fa2

Ravshan Ermatov Andrey Vaybertga tegishli Germaniyadagi akademiyalarning faoliyati va infrastrukturalarini o‘rganish, o‘zbekistonlik murabbiylarni amaliyotga jalb qilish, iqtidorli yosh futbolchilarimizni tajriba almashish uchun Germaniya akademiyalariga yuborish borasida o‘z taklifini bildirdi.

O‘z navbatida, nemis mutaxassisi kelajakdagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga doimo tayyor ekanligini ta’kidladi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
нодир болтаев
29/10/2021 20:33
To'g'ri gap og'izda har narsa qilish mumkin
&
равшанбектохтаев
29/10/2021 19:46
Огизда равшан эрматов хамма нарса килади, амалда хеч гап йу