Ravshan Haydarov: Asosiy vazifamiz stadionga muxlislarni va “Paxtakor”ga bo‘lgan ishonchni qaytarish

  • 7 aprel, 2017, 20:08
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Oliy liga 5-turida “Paxtakor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Paxtakor”ning yangi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi.

- Bu o‘yindagi ijobiy natija juda muhim edi. Chunki jamoaning muhiti, futbolchilarning holati va muxlislarimiz uchun juda zarur edi. Muxlislar uchun albatta g‘alaba kerak. Bizning asosiy vazifamiz ishqibozlarni stadionga va “Paxtakor” jamoasiga bo‘lgan ishonchni qaytarish. Shu yo‘lni g‘alaba bilan boshlash juda muhim edi. Natijaga erishdik. Lekin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Dastlabki 15 daqiqa meni qoniqtirdi. Ammo qolgan vaqt namoyish etilgan o‘yindan ko‘rinib turibdiki, hali ishlarimiz talaygina. Albatta, buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Kutilmagan jarohatlar jamoaning o‘yiniga o‘z tasirini o‘tkazdi. o‘ylaymanki, sekin-asta o‘yinimiz o‘zgarib boradi, shiddatli ko‘rinish oladi va natija ham shunga yarasha bo‘ladi, - deydi Haydarov.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!