Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa Toshkentda yig‘in boshladi

  • 31 avgust, 2020, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston U22 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun "Chig‘atoy" bazasiga jamlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yig‘inning birinchi kunida jamoa vakillari koronavirusga test topshirdi. Shuningdek, ularga mazkur terma jamoaga yuklatilgan vazifalar va oldindagi rejalar xususida tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, pandemiya sharoitida amal qilish zarur bo‘lgan sanitariya qoida va normalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Keyin terma jamoa a’zolari Ravshan Haydarov boshchiligida dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.

O‘zbekiston U22 terma jamoasi 5 sentyabrga qadar mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Yig‘in doirasida bitta nazorat uchrashuvi tashkil etish rejalashtirilgan.
 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!