
Rayan Garsiya: "Men meksikaliklar nomidan gapiraman!"
Amerikalik mashhur bokschi Rayan Garsiya AQSh ning Meksikadan kelgan muhojirlarga nisbatan siyosatidan noroziligini bildirdi.
"Meksikaliklar zamonaviy qullardir. AQSh hukumati yillar davomida meksikaliklar va muhojirlarni haqorat qilib keladi. Hammadan kam pul evaziga ishlamaguningizcha mamlakatga kira olmaysiz. Juda ko‘p bolalar chegaralarda bedarak yo‘qoladi. Men meksikaliklar nomidan gapiraman. Bir-biridan ajrab qolayotgan ona va bolalar uchun gapiraman. Bizga o‘zgarishlar kerak", – deb yozgan Garsiya X da.
Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni AQSh ning Nyu-York shahrida Garsiya(24-1, 20 KO) birinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Devin Xeyni(31-0, 15 KO) bilan jang o‘tkazadi.
Fikrlar