Rayan Garsiyaning keyingi raqibi ma'lum
Boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida WBC chempioni Rayan Garsiya o‘zining navbatdagi raqibi britaniyalik charm qo‘lqop ustasi bo‘lishini ma’lum qildi.
"Avgust oyida Las-Vegasda jang qilaman. Raqibim – Konor Benn. Yigitlar, men uni tor-mor qilaman", - dedi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Rayan hamyurti ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini Mario Barriosdan tortib olgandi. Benn esa o‘tgan hafta ochkolar evaziga Regis Progreysni mag‘lub etdi va Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasidan 15 million dollar oldi.
Fikrlar