Rayola ishni boshladi
"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola mijozini mavsumlar oralig‘ida boshqa jamoaga olib ketish bo‘yicha ishga kirishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, nemis grandi 20 yoshli norvegiyalik futbolchini 175 million evroga baholamoqda. Xolandga asosiy davogar Londonning "Chelsi"si, ammo "Real" ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.
Erling Xoland o‘tgan mavsum "Borussiya" tarkibida jami 41 ta uchrashuv o‘tkazdi. U ushbu bahslarda o‘z hisobiga 41 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar