
Rays allaqachon "Arsenal"da raqam band qilgan
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays "Arsenal"da qaysi raqamda o‘ynashini allaqachon hal qilgan. Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz o‘zi uchun "bolg‘achilar" lagerida 41-raqamni band qilgan.
Oldinroq "Vest Hem" "Arsenal"ning Rays transferi bo‘yicha so‘nggi taklifini qabul qilgani, bonuslar hisobga olinsa, 120 million evrodan oshgani haqida xabar berilgandi. Muayyan sharoitlarda Deklan premer-liga tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rays "Manchester Siti" qiziqish bildirayotganiga qaramay, yozda "Arsenal"ga o‘tishga qaror qilgan edi. "Vest Xem" sardori "kanonirlar" taklif qilgan loyihadan hayratda qoldi.
Fikrlar