Rayt: "Arsenal" forvard xaridida xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak"

  • 13 may, 14:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Ian Rayt jamoa yozda to‘g‘ri transfer siyosati yuritishi zarurligini ta’kidladi:

Tecno

– Darvin Nunes uchun 85 million funt to‘langaniga qarang. Menimcha, "Arsenal" bunday xatoga yo‘l qo‘yish imkoniga ega emas. Ha, bizga juda ham hujumchi kerak, lekin u kelib darhol gol uradigan futbolchi bo‘lishi shart.

Biz Xoylund va Nunes bilan yuz bergan vaziyatni takrorlashni istamaymiz.

Fikrimcha, yozda Artetada mablag‘ bo‘ladi, lekin bu pulni o‘zini oqlamaydigan hujumchiga sarflashga haqqimiz yo‘q. Keling, ochiq aytaylik: bu ikkisi – Xoylund va Nunes – hozircha ularga ketgan mablag‘ni oqlamayapti, – deya ta’rif berib o‘tdi sobiq futbolchi!.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!