
"RB Leyptsig" 20 yoshli argentinalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Argentinaning "River Pleyt" klubi himoyachisi Marselo Sarachchi faoliyatini "RB Leyptsig"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Nemis klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli argentinalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan. Uning transferi esa “Leyptsig”ga 13,5 mln evroga tushgan.
Ma’lumot uchun, Sarachchi "River Pleyt" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida ushbu klub safida jami 23ta bahsda ishtirok etgan.
Fikrlar