"RB Leyptsig" Sheshko uchun "Nyukasl"ning taklifini rad etdi

  • 3 avgust, 02:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" Benyamin Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 75 million evro va qo‘shimcha 5 million evro bonus taklif qilgan edi. Ammo "The Athletic" nashri ma’lumotiga ko‘ra, "RB Leyptsig" bu taklifni qoniqarli deb topmadi.

Tecno

Nemis klubi 22 yoshli sloveniyalik hujumchi uchun ko‘proq miqdorda kompensatsiya olishni istamoqda. Bu talab futbolchining so‘nggi mavsumda ko‘rsatgan yuqori samaradorligi bilan bog‘liq — Sheshko 2024/25 yilgi mavsumda "Leyptsig"ning eng sermahsul futbolchisiga aylangan.

Benjamin Sesko of RB Leipzig looks on during the 1. Bundesliga match between RB Leipzig and VfB Stuttgart at Red Bull arena, Leipzig, Germany on May...

Markaziy hujumchiga "Nyukasl Yunayted"dan tashqari, APLning boshqa bir - "Manchester Yunayted" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan holda, harakat qilmoqda. Ayrim so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qizil iblislar Sheshko transferi bo‘yicha ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!