
RCC bu safar "sovg‘a" tayyorlamagandir yoxud Jahongir Rasulov yana bir mag‘lubiyatsiz bokschiga qarshi...
Xabar berib o‘tganimizdek, 6 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida RCC promousheni tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu boks oqshomida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ham ringga ko‘tariladi. Ular qatorida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Jahongir Rasulov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U rossiyalik yana bir mag‘lubiyatsiz odimlayotgan charmqo‘lqop ustasi Ivan Kozlovskiy bilan bahs yuritadi. Mazkur jang super engil (63,5 kg) vazn toifasida bo‘ladi.
Jahongir Rasulov 7 ta g‘alabalik seriyadan so‘ng, so‘ngi jangini aynan RCC boks kechasida Gor Xachatryanga qarshi o‘tkazgan va shubhali tarzda durang qayd etilgandi. Ushbu jang juda katta bahs munozaralarga sabab bo‘lgandi. Xachatryanning o‘zi g‘am Jahongirni g‘alabasini tan olgandi. Xullas, Jahongir bu safar 9-0 g‘alabali seriyaga ega raqibga qarshi jang qiladi. Albatta, RCCdan bu safar ham "sovg‘a"lar bo‘lmasa, yurtdoshimizning imkoniyati anchagina yuqori... Albatta, mazkur jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar