"Real" – "Sherif" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moldavaning "Sherif" jamoasi Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Real"ni 2:1 hisobida taslim etdi. 

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida "Sherif" darvozaboni Georgios Atanasiadis topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.  Atanasiadis faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdi.

"Sherif" qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. Legionerimiz Jasurbek Yaxshiboev mazkur bahsda EChLdagi debyut golini urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!