
"Real", MYu va "Arsenal" qiziqayotgan hujumchining narxi e’lon qilindi
Grand klublar uchun "Vulverxempton" forvardi Raul Ximenesni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi.
Daily Star nashrining yozishicha, gap 28 yoshli meksikalik futbolchining transfer narxi juda qimmat ekanligidadir. Boisi, APL klubi o‘z to‘purarini 90 mln evroga baholamoqda. Unga esa "Real", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari xaridor.
Raul Ximenes bu mavsum “Vulverxempton” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar