"Real" 150 million evroga futbolchi sotib oladi
Portugaliya terma jamoasi va Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. “Qirollik klubi” rahbariyati uni qo‘lga kiritish uchun taxminan 150 million evro taklif qilishga tayyor. Havbek jamoaning o‘rta chizig‘ini kuchaytirish uchun olib kelinadi.
Ma’lumot uchun, Vitinyaning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati Transfermarkt portalida 90 million evro deb baholangan.

Fikrlar