"Real" 150 million yevroga qaysi futbolchini sotib olishi ma'lum bo'ldi
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres yaqin kunlarda Yevropa top-klublaridan biriga uning futbolchisi uchun 150 million yevro taklif qilinishi mumkinligini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, gap Maykl Olise, Harri Keyn yoki Erling Holand haqida ketmayapti.
Jurnalist Arancha Rodrigesning xabar berishicha, madridliklarni qiziqtirayotgan futbolchi PSJ yarim himoyachisi Joau Neves hisoblanadi. Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" portugaliyalik futbolchini yozgi transferlar oynasida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Peres jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Joze Mourinyo tayinlanishini ham aytdi.

Fikrlar