
"Real" 19 yoshli yarim himoyachiga jiddiy qiziqmoqda
"AZ Alkmaar" markaziy yarim himoyachisi Kes Smit Madridning "Real" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Real" 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Smitning o‘zi ham "Real"ga o‘tishni orzu qilayotgani ta’kidlangan. Bundan tashqari, yaqinda futbolchi ko‘chada "qaymoqranglilar" libosida suratga tushgan.
2024/25-yilgi mavsumda Smit barcha turnirlarni hisobga olgan holda 43 ta o‘yinda qatnashib, o‘nta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Smitning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi besh million evroni tashkil etadi.
Fikrlar