
"Real" Anchelotti qo‘l ostida mashg‘ulotlarga kirishdi
"Real"ga qaytgan bosh murabbiy Karlo Anchelotti yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, jamoa a’zolari dushanba kuni ertalab klub qarorgohiga yig‘ilgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Marca nashri xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis qo‘l ostida tarkibdagi 29 futbolchidan atigi 13 nafari bor. Gap shundaki, ko‘pchilik “Evro-2020”, Amerika kubogi va bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari sababli tarkibda yo‘q.
David Alaba, Garet Beyl, Luka Modrich, Karim Benzema, Rafael Varan, Toni Kroos, Tibo Kurtua va Eden Azar “Evro-2020”dagi ishtirokidan so‘ng ta’tilga yo‘l olgan. Valverde, Vinisius Junior, Eder Militao va Kazemirov Amerika kubogida ishtirok etmoqda. Kubo, Dani Cebalos, Marko Asensio va Xesus Valexo esa Olimpiadaga boradi.
Bugun Isko shaxsiy sabablarga ko‘ra tarkibga qo‘shila olmadi. Ammo ijara ketgan Martin Edegor va Luka Yovich yana "Real"ga qaytib keldi.
Fikrlar