
"Real" APLdan futbolchi olib kelishi mumkin
Angliyaning "Vest Xem" jamoasi sardori Deklan Rays faoliyatini Madridning "Real"ida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Janluka di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti angliyalikni juda yaxshi ko‘radi va bu transferni "qaymoqranglilar" rahbariyatidan so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Raysga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" klublari jiddiy qizikish bildirmoqda. ''Transfermarkt" portali 24 yoshli inglizning narxini 80 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, angliyalik yarim himoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi va futbolchining o‘zi jamoada ortiq qolish niyati yo‘qligini bildirgan.
Fikrlar