
"Real" "Arsenal" vunderkindini ilib ketmoqchi
"Arsenal" hujumchisi Bukayo Saka Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga kirdi.
"Qaymoqrangliklar" 18 yoshli futbolchining transferi uchun 30 million evro to‘lashga tayyor. Forvardning "to‘pchilar" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozida yakuniga etadi.
O‘tgan mavsumda "Arsenal" asosiy tarkibida debyutini nishonlagan Saka joriy mavsumda APLda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib uchta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar