"Real" arzonga La Liganing eng zo'r yosh oʻyinchisini oldi
«Real» klubi «Levante» tarbiyalangan yosh hujumchi Karlos Espi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
21 yoshli futbolchi Madrid jamoasi bilan 2031 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.
Karlos Espining «Real»ga o‘tishi «Levante» akademiyasi tarbiyalanuvchilari orasidagi eng yirik transfer sifatida klub tarixiga kirdi. Avvalroq madridliklar futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 25 million yevro miqdoridagi to‘lovni qoplagani haqida xabar berilgan edi.
O‘tgan mavsumda Espi La Liga doirasida 25 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi.

Fikrlar