"Real" Azar borasida bir qarorga keldi

  • 24 aprel, 2023, 15:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar "Real" Madridni tark etish niyatida emas. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati ehtimoliy sud jarayonlaridan qochish uchun futbolchining ketishini talab qilmaydi.

Tecno

Oldinroq yarim himoyachi maoshini tushirish uchun sotib yuborilishi mumkinligi xabar qilingandi. Azar "qaymoqranglilar"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Edenning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 32 yoshli futbolchi 5 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!