«Real» «Barselona» yulduzi va Ispaniya terma jamoasi qahramoniga ko‘z tikdi
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Real» skautlari diqqat markaziga tushdi. Madrid klubi ispaniyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganayotgani haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «Real» rahbariyati Torresning «Barselona»dagi holatini yaqinidan kuzatib bormoqda. Ilgariroq kataloniyaliklar yozgi transfer oynasidan foydalanib, ispaniyalik hujumchini sotishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Ferran Torres JCh-2026da Ispaniya terma jamoasining asosiy qahramonlaridan
biriga aylandi. U mundial finalida hal qiluvchi gol muallifi boʻlib, jamoasiga gʻalaba keltirgan edi.

Fikrlar