"Real" Bellingem transferidan voz kechdi

  • 7 aprel, 2023, 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem endi "Real"ning asosiy transfer maqsadi emas. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi.

Tecno

Bellingem uzoq vaqtdan beri "Real" uchun markazni kuchaytirish uchun ustuvor nomzod edi. 19 yoshli yarim himoyachining o‘zi ham "qirollik klubi"ga o‘tishga qarshi emasdi. Biroq ispan grandi rahbariyati "asalarilar" futbolchisi uchun 150 million evroni to‘lamoqchi emas.

Bellingem variantini Angliya Premer-ligasi jamoalari - "Liverpul" va "Manchester Siti" ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!