"Real" Beylning 19 yoshli hamyurtini jamoaga olib kelmoqchi

  • 26 may, 2020, 10:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi "Shalke" yarim himoyachisi Rabbi Matondoga qiziqib qoldi. Bu haqda OK Diario nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, “qirollik klubi” 19 yoshli uelslik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Futbolchining tovon puli esa 60 mln evroni tashkil etadi, ammo madridliklar unga buncha pul sarflamoqchi emas.

Aytish lozimki, Matondoga shuningdek "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Liverpul" va "Arsenal" klublaridan qiziqishlar bor. U joriy mavsum, “Shalke”da 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning gelzenkirxenliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!