
"Real" birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun "Kadis"dan o‘ch oldi va peshqadamga aylanib oldi
Ispaniya La Ligasi 31-turidan o‘rin olgan "Kadis" - "Real" bahsi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Gollarning ikkitasiga Karim Benzema mualliflik qilgan bo‘lsa, bittasini Alvaro Odriosola raqib postiga kiritdi. E’tiborlisi, barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi.
G‘alaba orqali "qirollik klubi" hisobidagi ochkolar 70 taga etdi va ular onlayn jadvalda peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar