
"Real" "Borussiya"dan to‘purar himoyachisini qaytarib olmoqchi
Marca nashri xabariga ko‘ra, Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Ashraf Hakimi madridning "Real" klubiga qaytadi. Hakimi "qaymoqrangliklar" futbolchisi hisoblanib, bundesligada ijara asosida to‘p suradi.
Nemis klubi marokashlik futbolchining transferini to‘liq sotib olish niyatida, biroq madridliklar Hakimini o‘zlari uchun kerakli futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
"Qaymoqrangliklar" murabbiylar shtabi futbolchining o‘yinlaridan mamnun va uni keyingi mavsumda asosiy tarkibda joy berishni rejalashtirishmoqda.
Fikrlar