
"Real" braziliyalik futbolchilarining tovon pulini 1 milliard evro etib belgilaydi
"Real" Madrid tez orada braziliyalik futbolchilari bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Vinisius Junior bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan bitim imzolanadi. Rodrigo va Eder Militao bilan jamoa 2028 yilga qadar amal qiladigan shartnoma tayyorlamoqda.
Uch futbolchining tovon puli bir hil 1 milliard evro etib belgilanadi. Ya’ni qaysi klub bu futbolchilarni shartnomasi yakuniga etmasdan sotib olishni istasa, Madrid klubining hisob raqamiga yuqoridagi summani kiritib qo‘yishi lozim.
Fikrlar