
“Real” bu futbolchi uchun o‘z o‘yinchisidan voz kechishga tayyor
“Real” klubi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida himoya markazini kuchaytirishga harakat qiladi.
Zinedin Zidan bu o‘ringa “Sevilya”da ishonchli o‘yin namoyish etayotgan hamyurti Jyul Kundeni olib kelishni so‘rayapti.
“Real” murabbiylar shtabi agar Kunde keladigan bo‘lsa, 22 yoshli futbolchining o‘yin amaliyotini kafolatlash uchun braziliyalik himoyachi Eder Militaoni asosiy tarkibdan chiqarib tashlashga ham tayyor.
“Sevilya” qator grandlar nishonida turgan futbolchini 60 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi. 2019 yildan beri “Sevilya” sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha amal qiladi.
Kunde joriy mavsumda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyani mustahkamlashdan tashqari, to‘rtta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar