
“Real” bu futbolchini hech kimga berib qo‘ymaydi!
Yozda “Borussiya” yulduzi Jud Bellingemning bozori rosa qaynaydi. Evropaning grand klublari 19 yoshli yarim himoyachini hozirdan talashmoqda.
Bild nashri ekspertlarining fikricha, angliyalik futbolchi uchun kurashda “Real”ning imkoniyati boshqa da’vogarlardan ancha yuqori.
Madridliklar transfer bozorida Bellingemga xaridor bo‘lgan “Liverpul” va “Manchester Siti”dan ustun hisoblanadi.
Jud Bellingemning transferi 140-150 million evroga baholanmoqda. Dortmundliklar o‘z o‘yinchisini ushlab qolish imkonsiz ekanini biladi va shuning uchun ham uni yozda qimmatroq narxga sotib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar