“Real” bu futbolchini katta klublar changalidan yulib olmoqchi

  • 2 noyabr, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Sosedad” himoyachisi Robin Le Normanning xaridorlari ko‘payib ketdi. Bu futbolchiga Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kabi katta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Robin uchun kurashga “Real” ham qo‘shildi. Madridliklar ispan futbolchisini angliyaliklarga berib qo‘ymoqchi emas. 

26 yoshli  Robin Le Norman Ispaniya terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Shuningdek, u Evropa Chempionlar ligasidagi ishonchli o‘yinlari bilan ham grand klublar e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda.

Himoya markazida ishonchli o‘ynayotgan Robin bugungi kunda 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!