“Real”: Bu oxirgi transferimiz bo‘ladi!
Jahon futbolining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Real” yozgi transferlar davrida tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga erishdi.
O‘tgan mavsum jamoa himoya chizig‘ida juda katta muammolarga duch kelgani bois, yangi ijrochilarning aksariyati himoyachilar bo‘ldi.
Xususan, madridliklar Angliya Premer-ligasida o‘ynagan himoyachilardan Din Xyoysen va Trent Aleksander-Arnoldni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Argentina futboli tarbiyalanuvchisi Franko Mastantuono ham faoliyatini Madrid superklubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Taniqli insayder Xorxe Pikonning ma’lum qilishicha, tez orada “Real”ga “Benfika" vakili Alvaro Karreras ham qo‘shiladi.
22 yoshli ispaniyalik qanot himoyachisi “Qirollik klubi” bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgan. Bu “Real”ning yozga mo‘ljallagan oxirgi transferi bo‘lishi aytilmoqda.
Fikrlar