"Real" "Chelsi" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolanmagan. Ular faqat moliyaviy masalalarni kelishib olgani aytilmoqda.

"Qirollik klubi" germaniyalik futbolchiga ko‘p yillik bitim taklif qiladi. Shu tariqa, Antonio mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida Madrid klubi safiga borib qo‘shiladi.

Avvalroq, "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda Ryudiger klubdan ketishini tasdiqlagandi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!