
“Real” chempion qiladigan murabbiyga qancha to‘laydi?
“Everton”ni tashlab, “Real”ni qabul qilib olgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining yangi jamoadagi maoshi aniq bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali mutaxassis bir mavsum uchun olti million evro miqdorida maosh oladi. Unga jamoani o‘yinlarga tayyorlashda o‘g‘li Davide va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Antonio Pintus yordam beradi.
“Qirollik klubi” rahbariyati Anchelotti bilan uch yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi. Bu mutaxassis zimmasiga Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi va boshqa musobaqalarda g‘olib chiqish vazifasi yuklatiladi.
Anchelotti 2013-2015 yillar davomida ham madridliklarni boshqargan. Bu murabbiy qo‘l ostida “Real” uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Chempionlar ligasida g‘olib chiqqadi.
Keyinchalik italiyalik murabbiy “Bavariya”, “Napoli” va “Everton”da ishladi.
Fikrlar