“Real” eng kuchli himoyachini transfer qiladi

“Chelsi” vakili Ris Jeyms yozda “Real”ga o‘tib ketishi kutilmoqda. Madridliklar bu o‘yinchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Risning o‘ziga ham “Real” varianti juda ma’qul tushmoqda.

“Qirollik klubi” murabbiylar shtabi qanot himoyachisi Dani Karvaxalning o‘yinidan qoniqmayapti. Yoshi o‘tib qolayotgan bu futbolchi mavsumni barqaror o‘tkaza olmayotgan murabbiylar shtabiga muammo tug‘diryapti.

Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ris Jeymsni zamonaviy futbolning eng zo‘r o‘ng qanot himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etmoqda.

Jeyms himoyachi bo‘lishiga qaramay, hujumga qo‘shilishni ham mahorat bilan uddalaydi. 22 yoshli o‘yinchi premer-ligada 22 ta uchrashuvda beshta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi. Uning transferi 55 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!