"Real" etakchilaridan biri "Manchester Yunayted"ga o‘tadi

  • 1 iyul, 2021, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hamda “Real” Madrid klubi himoyachisi Rafael Varan hali ham “Manchester Yunayted”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “qizil iblislar” 28 yoshli futbolchining transferi masalasida “qirollik klubi” bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan. Ushbu transfer MYuga taxminan 50 million evroga tushishi aytilmoqda.

Varan “Real” safida 2011 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Rafael o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida jami 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!