"Real" etakchisi "el-klasiko"ni o‘tkazib yuborishidan xavotirda

  • 13 oktabr, 2020, 22:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" "Barselona"ga qarshi uchrashuvda belgiyalik vinger Eden Azar ishtirok eta olmasligidan xavotir olmoqda.

Tecno

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Azar bu bellashuvgacha tiklanishga ulgurmaydi. Qolaversa, murabbiylar shtabi ham uni to‘liq tiklanmagunicha o‘yinga tushirishga qarshi. 29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumdagi xatolarini takrorlamaslikka harakat qilmoqda. Azar 2019/20 yilgi mavsumda jarohatidan to‘liq tuzalmay, bir nechta o‘yinlarda ishtirok etgan va jarohatini og‘irroq darajaga keltirib olgan edi.

Ushbu mavsumning ilk "el-klasiko"si 24 oktyabr kuni 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!