
"Real" etakchisida koronavirus aniqlandi
“Real” yangi mavsum uchun tayyorgarlikni olib bormoqda. Karlo Anchelotti boshchiligida klub mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
“Qirollik klubi” matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa yulduzi Karim Benzemada koronavirus aniqlangan. Bir necha kundan keyin mashg‘ulotlarga kelib qo‘shilishi lozim bo‘lgan hujumchi karantinga olingan.
Hozircha, uning holati va kasallik darajasi haqida ma’lumot berilmadi. Shu paytgacha “qaymoqranglilar” tarkibida Kroos, Militao, Azar, Yovich, Nacho, Varan, Valverde kabi futbolchilar “COVID-19” bilan kasallangandi.
O‘tgan mavsum 33 yoshli forvard madridliklar libosida 46 o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, uning hisobida 9 assist ham mavjud.
Fikrlar