
"Real" etakchisini APLga olib ketishmoqchi
"Real" Madrid himoyachisi Rafael Varan "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mankunianliklar 27 yoshli frantsuz futbolchisini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirmoqda. Boisi MYu Varanning “qirollik klubi”dan ketishni rejalashtirayotganidan xabardor.
"Real" Varanning transferini 60 million funtga baholamoqda. Biroq inglizlar narxni tushirishga urunib ko‘rmoqchi. “Manchester Yunayted” rahbariyatining fikricha, Varan Xarri Maguayr bilan birgalikda himoya markazida ajoyib juftlik hosil qiladi.
MYu Varandan tashqari shuningdek, "RB Leyptsig"dan Ibraim Konate, "Vilyarreal"dan Pau Torres va "Sevilya"dan Jyul Kunde kabi futbolchilarni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Rafael Varan joriy 2020/2021 yilgi mavsumda La Ligada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar