“Real” futbolchilariga Xabi Alonso yoqmayapti
“Real” o‘tgan yozda jamoani boshqarishga Xabi Alonsoni katta umidlar bilan olib kelgan edi. Ispaniyalik mutaxassisga jamoani topshirish uchun klub xo‘jayinlari tajribali mutaxassis Karlo Anchelotti bilan amaldagi shartnomani bekor qilishga ham rozi bo‘ldi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Real” futbolchilarining Xabi Alonso bilan munosabatlarida muammolar borligini muhokama qilmoqda.
- Karlo Anchelotti boshqaruv davrida “Real”ning bir necha o‘yinchilari uchrashuvlardan keyin Ibitsaga borib, hordiq chiqazishni odatga aylantirgan edi. Italiyalik murabbiy o‘yinchilarga ko‘p erkinlik berardi. Ayrim futbolchilar mashg‘ulotlarga kelmagan holatlar ham bo‘lgan.
“Real” o‘yinchilarining bunaqa “erkakliklari” Xabi Alonsoga o‘tmayapti. Ispaniyalik mutaxassis klubdagi ishi davomida qattiqqo‘llik siyosatiga sodiq turibdi. Futbolchilarga bosh murabbiyning ularni shaxsiy ishlarini nazorat qilayotgani yoqmayapti, - dedi jurnalist Romen Molina.



Fikrlar