
“Real” futbolchini Angliyaga qaytarib yubordi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozgi transferlar mavsumida yangi o‘yinchilar sotib olinmasligini bilgani uchun boshqa jamoalardan ijarada yurgan klub tarbiyalanuvchilarini sinab ko‘rishga qaror qilgan edi.
Qator futbolchilar sirasida Dani Sebalos ham “Real”ga loyiqligini isbotlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq, ma’lum muddatdan so‘ng, Zidan yarim himoyachini “Arsenal”ga qaytarib yuborishni ma’qul topdi.
24 yoshli futbolchi yangi mavsumni ham “kanonirlar” jamoasida o‘tkazadi va uning maoshini to‘lig‘icha “Arsenal” qoplaydi. O‘tgan mavsumda Sebalos bu jamoa safida APLda 24 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.
Fikrlar