“Real” futbolchisi o‘ziga jamoa sotib oldi

  • 29 dekabr, 2021, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” himoyachisi Marselo o‘ziga Portugaliyaning “Mafra” jamoasini sotib oldi. Bu klub Portugaliya chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etadi.

Tecno

- G‘oyamiz Evropa bozoriga kirib boradigan loyihani amalga oshirishdan iborat. Portugaliyadagi klub Braziliyaning “Azuriz” jamoasi o‘yinchilari uchun Evropaga yo‘l ochishi kerak. Bu yaxshi biznes.

Katta bo‘lmagan strukturaga ega “Mafra” yaxshi shakllangan va moliyaviy jihatdan qarzdorlikka ega emas. Hozir biz infrastrukturani rivojlantirishga sarmoya kirityapmiz va 2023 yilga kelib, xarajatlar qoplanishi kutilmoqda.

Kelajakdagi rejalarimizda o‘z an’anasi va ashaddiy muxlislariga ega yana bir klubni sotib olish masalasi bor, - dedi Marselo.

Ta’kidlash joizki, Marselo to‘rt yil muqaddam o‘z yurtida “Azuriz” jamoasini sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!