
"Real" futbolchisi uchun 3ta top klub kurashmoqda
"Real" yarim himoyachisi Isko jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
"Mirror" nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi xizmatiga Evropaning 3ta top klubi qiziqish bildirmoqda. "Arsenal", "Tottenxem" va "Napoli" ispaniyalikni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.
Avvalroq, "Milan" ham Iskoni xarid qilmoqchiligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi, biroq futbolchi "rossonerilar" rahbariyatidan yuqori maosh so‘ramoqda.
2020/21 yilgi mavsumda 29 yoshli xavbek 25ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlik qilgan. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar