"Real" futbolchisiga APLning ikki klubi da'vogarlik qilmoqda

  • 27.01.2026 19:39
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni uchun APLning ikki jamoasi kurashmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri ma'lum qildi.

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, fransiyalik futbolchining xizmatlariga ayni vaqtda "Tottenxem" va "Liverpul" jamoalari qiziqish bildirmoqda. London klubi allaqachon havbek uchun "Real"ga 100 million evrolik taklif ham jo‘natib bo‘lgan. 

26 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 75 million evroni tashkil etadi. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Tchuameni joriy mavsum madridliklar safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!