
“Real” futbolchisiga narx qo‘ydi
“Real” tarkibiga kira olmagan Martin Edegor mavsumni “Arsenal”da yakunladi. Uning o‘yini “kanonirlar” rahbariyatiga ma’qul keldi.
Mikel Arteta kelasi mavsum uchun tarkibni norvegiyalik yarim himoyachi atrofida shakllantirmoqchi. Shuning uchun londonliklar Edegorning transferini to‘liq sotib olish maqsadida “Real”ga murojaat qilgan.
“Qirollik klubi” bu futbolchini 60 million evroga baholamoqda. Edegorning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar