"Real" xavbekini Londonda kutishmoqda
"Real" yarim himoyachisi Isko "Arsenal" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Todofichajes nashri.
Manbaga ko‘ra, kanonirlar 28 yoshli ispaniyalik uchun 36 million evro taklif qilmoqda, biroq madridliklar futbolchini bu summaga qo‘yib yubormoqchi emas.
Isko "Real" safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda, u bungacha "Malaga" va "Valensiya" sharafini himoya qilgan.
Xavbekning Madrid klubi bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda Isko La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar