“Real” futbolchisini boshqa chempionatga olib ketishmoqchi
“Real”ning qanot himoyachisi Fran Garsiya faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
25 yoshli futbolchini Dortmundning “Borussiya” klubi olib ketishga tayyor.
Todofichajes nashrining yozishicha, dortmundliklar Garsiyani qishki transferlar vaqtida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Fran Garsiyaning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq himoyachini 15 million evro evaziga transfer qilish mumkin.
Garsiya “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq orada “Rayo Valekano”da ijarada o‘ynagan. Keyinchalik bu jamoa himoyachini 2 million evro evaziga transfer qildi. 2023 yilning yozida madridliklar o‘z tarbiyalanuvchisini 5 million evro to‘lab, ortga qaytargan edi.
Fikrlar