
"Real" ham "Latsio"ning futbolchisi uchun kurashga kirishdi
Italiyaning “Latsio” klubida to‘ptepayotgan Sergey Milinkovich-Savich “Real Madrid” klubining qiziqish doirasida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Rim klubi prezidenti Klaudio Lotito yarim himoyachining transferi uchun 100 million evrolik taklifga salbiy javob qaytarganini aytib o‘tgandi. Qayd etish lozim, bu o‘yinchiga MYu, “Chelsi”, “Arsenal” va “Liverpul” kabi top klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 23 uchrashuvda maydonga tushgan, 7 marta raqib darvozasini ishg‘ol etib va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar