"Real" himoyachisi "Jirona"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazb yuborishi mumkin!

  • 8 fevral, 2024, 20:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" markaziy himoyachisi Nacho Fernandes Ispaniya chempionatining navbatdagi turida ishtirok etmaydi. "Qirollik klubi" ushbu turda o‘z uyida "Jirona"ni qabul qiladi.

Tecno

"Carrusel Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" murabbiylar shtabi ispaniyalik himoyachining "oq-qizillar" bilan o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat bermagan. Avvalroq Fernandes ortiqcha ishlagani va shu sabab mushaklarda noqulaylik his qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Nachodan tashqari Antonio Ryudiger ham “Jirona” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, ammo germaniyalik futbolchisining navbatdagi o‘yinda maydonga tushish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!