"Real" himoyachisini yozda sotishga tayyor

  • 22.03.2025 13:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" yozda David Alabani sotishi mumkin, deb xabar bermoqda "Defensa Central" nashri. 
 
Xabaringiz bor, avstriyalik himoyachi so‘nggi yillarda jarohat sabab, ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok eta olmayapti. Qaytgan taqdirda ham o‘zining sport formasini qaytarib olishga qiynalmoqda. Shu bois, "qirollik klubi" futbolchini yozgi transferlar oynasida sotishni rejalashtirmoqda. 
 
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" fulbekni 5 million evroga qo‘yib yuborishi mumkin. Biroq, Alaba hali hamon jamoa safida qolib, sovrinlar yutish uchun jamoasiga katta yordam bermoqchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, David joriy mavsum madridliklar safida 9 ta bellashuvda ishtirok etdi, xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!